Shavkat Mirziyoyev bugun sog‘liqni saqlash va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashadi
Davlat rahbari Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev bugun sog‘liqni saqlash va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashadi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Shuningdek, davlat rahbari Olimpiya shaharchasiga borib, Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha prezident kinoijodkorlar bilan uchrashgandi.

