Shavkat Mirziyoyev Bishkekda kutib olindi
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi hamda VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda tantanali kutib olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida hamda "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish maqsadida Bishkek shahriga yetib keldi.
"Manas" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi hamda VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

