Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ShHTning Bishkek sammiti tadbirlarida ishtirok etadi

Sammit doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Shavkat Mirziyoyev ShHTning Bishkek sammiti tadbirlarida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgustdan 1-sentabrgacha Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga boradi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, sammit kun tartibidan ShHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishga oid dolzarb mavzular oʻrin olgan. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.

Yigʻilish yakunida ShHTning 25 yilligiga bagʻishlangan Bishkek deklaratsiyasi hamda xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ekologiya, sunʼiy intellekt, madaniy-gumanitar almashinuv va hamkorlikning boshqa koʻplab yoʻnalishlarida sheriklikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Sammit doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.