Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni istagan Muhammadaliga prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni xohlagan Muhammadaliga prezident sovg‘asi hamda minnatdorlik maktubi topshirildi

Shavkat Mirziyoyevning 18–19-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘istonga safari vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning videosi tarqaldi. Unda u davlat rahbari bilan uchrashishni istashini aytgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ma’lumotiga ko‘ra, Muhammadaliga prezident uning videomurojaatini ko‘rgani va bundan mamnun bo‘lganini bildirgan minnatdorlik maktubini yuborgan.

“Sen ham ulg‘ayganingda ajdodlarimizga munosib, el-yurtiga foydasi tegadigan inson bo‘lishingni istayman”, deyiladi maktubda.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay Orinbayev prezidentning minnatdorlik maktubini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, Muhammadaliga alohida prezident sovg‘asi, uning ota-onasi hamda u tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham sovg‘alar topshirildi.

Bundan tashqari, bolaning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni berildi.

Avvalroq Amanbay Orinbayevga general-mayor maxsus unvoni topshirilgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.