Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining maxsus vakilini qabul qildi

Serjio Gor davlatimiz rahbariga Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi chogʻida AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

Uchrashuv boshida Serjio Gor Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, davlatimiz rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Siyosiy muloqot, parlamentlararo va hududlararo aloqalarning ijobiy rivojlanishi, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning muntazam kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surishni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

“S5+1” formatidagi boʻlajak tadbirlarga va Oʻzbekiston-Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.