Shavkat Mirziyoyev Amerika investitsiya kompaniyasi rahbari bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika investitsiya kompaniyasi rahbari bilan yirik loyihalarni muhokama qildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerikaning Eldridge Industries investitsiya xolding kompaniyasi rahbari Todd Boeli bilan muzokaralar oʻtkazdi. Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida kon-shaxta sanoati, metallurgiya, qurilish va shahar infratuzilmasiga raqamli yechimlarni joriy etish belgilandi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuv 23 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan. Soʻhbat yakunlari boʻyicha tomonlar koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshma «yoʻl xaritasi»ni qabul qilishga kelishib oldilar.
Eldridge Industries — aktivlarni boshqarish, sugʻurta, koʻchmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yuritadigan Amerika investitsiya xoldingidir. Uning boshqaruvi ostida qiymati 75 milliard dollardan ortiq boʻlgan aktivlar mavjud.

