Sharhlovchi Keti Zaxariya Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tanlandi
Konservativ sharhlovchi hozirda Trump Media & Technology Group kompaniyasida kommunikatsiyalar boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlaydi.

Sharhlovchi Keti Zaxariya Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tanlandi, deb tasdiqladi Oq uy rasmiysi BBC’ga.
Ҳозирда Trump Media & Technology Group kompaniyasida kommunikatsiyalar boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlayotgan Zaxariyaga ushbu lavozim taklif qilingan va u prezidentning ikki maʼmuriyati davomidagi oltinchi bosh matbuot kotibiga aylanadi. U ilgari Milliy xavfsizlik departamentida qisqa muddat matbuot kotibi boʻlib ishlagan.
Oq uyning sobiq matbuot kotibi, avgust oyida Oq uyni tark etgan Kerolayn Livitt Fox News telekanalida ishlash taklifini qabul qilgani xabar qilinmoqda.
Konservativ media dasturlarida tez-tez mehmon sifatida chiqish qiladigan Zaxariya, uning LinkedIn profiliga koʻra, iyun oyidan beri Trampning media kompaniyasi va uning Truth Social platformasida ishlab kelmoqda.
U shuningdek, shu yilning fevral-mart oylarida Milliy xavfsizlik departamentida qisqa muddat faoliyat yuritgan.
Matbuot kotibi roli faqatgina brifinglar zalidagi minbarda gapirishdan iborat emas. U shuningdek, matbuot bilan murakkab munosabatlarni boshqarishni, Oq uyning boshqa departamentlari bilan muvofiqlashuvni va prezidentga OAV masalalari boʻyicha maslahatlar berishni oʻz ichiga oladi. Kotib rahbarlik qiladigan idora har kuni juda koʻp miqdordagi soʻrov va murojaatlarni ham koʻrib chiqadi.

