Mahalliy

«Sharafli yo‘l» tanlovi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

Tanlov haqida ilk e’lon berilgan kundan boshlab 28-avgustga qadar ijodiy ishlar qabul qilindi. Shu davr

«Sharafli yo‘l» tanlovi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

Tanlovning bosh maqsadi — yosh jurnalistlar va blogerlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy media vositalari orqali Vatan, istiqlol va yurtimiz hayotini ta’sirchan tarzda yoritishga undash hamda sifatli videokontent yaratish madaniyatini rivojlantirishdan iborat edi.

«Sharafli yo‘l» videoroliklar ko‘rik-tanlovi uch yo‘nalishda tashkil etildi. Ishtirokchilar «Eng yaxshi videorolik», «Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik» hamda «Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik» yo‘nalishlarida o‘z ijodiy ishlarini taqdim etdilar.

Tanlov e’lon qilingan ilk kundan 28-avgustga qadar ijodiy ishlar qabul qilindi. Shu vaqt davomida yosh ijodkorlar turli mavzulardagi, zamonaviy yondashuv va kreativ g‘oyalarga tayangan videoroliklarini taqdim etishdi. Tanlov jarayoni, e’lonlar va muhim bosqichlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining rasmiy Telegram kanali orqali muntazam yoritib borildi.

Kelib tushgan ijodiy ishlar professional hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi. Unda ishtirokchilarning g‘oyasi, mavzuni ochib berish mahorati, tasviriy yechim, montaj, ijodiy yondashuv va zamonaviy media talablariga mosligi alohida e’tiborga olindi. Natijada eng munosib ishlar saralanib, g‘oliblar aniqlandi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyining «Panorama» zalida bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va mukofotlar topshirildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zoligiga tavsiya etilgan bir guruh jurnalistlarga Uyushma a’zolik guvohnomalari ham tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida «Jurnalist» badiiy filmi namoyish etildi.

«Sharafli yo‘l» ko‘rik-tanlovi yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi, zamonaviy media muhitida o‘z o‘rnini topishi va jurnalistika sohasiga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.