Sergeli tumanining sobiq hokimi Turizm qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻldi

Sergeli tumanining sobiq hokimi Turizm qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi
Baxtiyor Shamuratov Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisining komplayens va ichki korruptsiyaga qarshi kurashish nazorati masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Tegishli tayinlov Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan rasmiylashtirildi.
Shamuratov 1999 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, shuningdek, 2002 yilda Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasini tamomlagan.
1999–2012 yillarda Davlat soliq qoʻmitasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
2012–2014 yillarda Toshkent shahar Iqtisodiyot boshqarmasining Investitsiyalar va kapital qurilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari boʻlgan. 2014–2018 yillarda poytaxtning Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
2018 yilda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentiga rahbarlik qilgan. 2018 yil oktyabridan 2019 yil sentyabrigacha poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi boʻlgan.
2019 yil 13 sentyabrdan 2020 yil 8 avgustgacha Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimini egallagan.

