Sentyabr oyida eng ko‘p keshbek Toshkent shahrida to‘landi
Bir oyda xarid cheklari uchun 129,4 milliard so‘m keshbek to‘landi. Bunda qolgan hududlar ulushi qanday

Sentyabr oyida eng katta keshbek Toshkent shahrida to‘landi
2026-yil 29-oktyabr holatiga ko‘ra, sentyabr oyida iste’molchilarga 214,5 millionta chek uchun keshbek to‘langan.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori keshbek Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan — 41,1 milliard so‘m. Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 20,5 milliard so‘m, Toshkent viloyati — 14,9 milliard so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9,6 milliard so‘m qayd etilgan.
Samarqand viloyatida esa sentyabr oyida iste’molchilarga 7,5 milliard so‘m keshbek to‘langan.

