Senat ish joyida jinsiy tegajogʻlikka yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Senat ish joyida jinsiy tegajogʻlikka yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi
Oʻzbekiston Senati Mehnat kodeksiga mehnat sohasida jinsiy tegajogʻlikni toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlovchi va xodimlarni kamsitish belgilari roʻyxatini kengaytiruvchi oʻzgartirishlarni qoʻllab-quvvatladi.
Tegishli qonun parlament yuqori palatasining yalpi majlisida koʻrib chiqildi. Oʻzgartirishlar milliy qonunchilikka xalqaro standartlar va Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalarini joriy etish maqsadida tayyorlangan.
Hujjat ish joyida va bandlik sohasida jinsiy tegajogʻlikning har qanday shakliga yoʻl qoʻyilmasligini rasman mustahkamlaydi. Bundan tashqari, mehnat munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kamsitish belgilari qatoriga endi rasman teri rangi va siyosiy qarashlar ham kiritildi.
Senatorlarning fikricha, yangi normalar mehnat kafolatlarini kuchaytirishga, ishlab chiqarishda teng imkoniyatlarni taʼminlashga va xodimlarni kamsitishning oldini olishni yanada samaraliroq qilishga xizmat qiladi. Muhokama yakunlariga koʻra qonun maʼqullandi.
Avvalroq Oliy Majlis Senati 14 yoshga toʻlmagan bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi qonunni maʼqullagan edi.

