Mahalliy

Bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbodlik jazo toʻgʻrisidagi qonun Senatga yuborildi. Video

Bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbodlik jazo toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi. Video

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini maʼqulladilar va uni koʻrib chiqish uchun Senatga yubordilar.

Gap «Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi haqida bormoqda.

Bundan avval, 30 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ushbu qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qilgan edi. Oʻshanda 14 yoshga toʻlmagan bolalarni zoʻrlaganlik va jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy shaklda qondirganlik uchun 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash taklif etilayotgani xabar qilingandi.

Hujjatda, shuningdek, zoʻravonlik qurboni yoki guvohi boʻlgan bolalar bilan ishlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritish koʻzda tutilgan. Xususan, voyaga yetmaganlarni soʻroq qilishni majburiy tartibda videotasvirga olish, jabrlangan bolalarga esa davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan bolaning oʻlimiga qasddan sabab boʻlgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni cheklash taklif etilmoqda. Bolalarning jinsiy erkinligiga qarshi bir qator jinoyatlar boʻyicha javobgarlikka tortish va jazoni ijro etish muddatlarini qoʻllamaslik ham rejalashtirilgan.

Endi qonun loyihasini Senat koʻrib chiqishi kerak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.