Saylovda yutqazib, AQŞga ketgan Bolsonaru özini «Braziliya yetakçisi» deb eʼlon qildi
Braziliya prezidentligi uçun saylovda mağlub bölgan senator Flaviu Bolsonaru AQŞga ketganidan söng xalqqa maktub yöllab, özini «Braziliya yetakçisi» deb atadi. U saylov natijalari soxtalaştirilganini daʼvo qilgan, biroq buni tasdiqlovçi aniq dalillar keltirmagan.

Saylovda mag‘lub bo‘lib, AQShga jo‘nab ketgan Bolsonaru o‘zini «Braziliya yetakchisi» deb e’lon qildi
DW xabariga ko‘ra, o‘ng qanot Liberal partiyasidan prezidentlikka sobiq nomzod 29-oktabrga o‘tar kechasi X ijtimoiy tarmog‘ida «Braziliya xalqiga maktubi»ni e’lon qilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Bolsonaru avvaliga o‘zini mamlakatning «haqiqiy prezidenti» va «saylangan prezidenti» deb atagan, keyin esa bu iboralarni o‘chirib tashlagan.
Natijalarni partiyasi tan olgan
25-oktabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva 51,79 foiz, Flaviu Bolsonaru esa 48,21 foiz ovoz olgan.
Bolsonaru natijalarni tan olmasligini bildirgan bo‘lsa-da, 26-oktabr kuni uning Liberal partiyasi mag‘lubiyatni tan olgan.
Maktubda siyosatchi Lulaning g‘alabasi qonunbuzilish va korrupsiyalashgan sud tizimi hisobiga qo‘lga kiritilganini da’vo qilgan. U xorijdan turib Braziliyada demokratiya uchun kurashga boshchilik qilishini, Lula da Silvaning «diktatorlik rejimi» o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikni istashini yozgan.
Biroq murojaatda saylov soxtalashtirilganiga doir aniq dalillar keltirilmagan.
Chiqish taqiqidan keyin Mayamiga borgan
Xabarga ko‘ra, 26-oktabr kuni Bolsonaruga mamlakatdan chiqish taqiqlangan va oddiy hamda diplomatik pasportlarini topshirish haqida Oliy sud qarori berilgan. Bu korrupsiya, pul yuvish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga oid tergovlar bilan bog‘liq.
Argentina migratsiya idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Bolsonaru rafiqasi Fernanda va ikki qizi bilan Braziliya chegarasidagi Tankredu Nevis punkti orqali Argentinaga kirgan. Idora ular amaldagi safar hujjatlarini taqdim etgani va kirish uchun huquqiy to‘siqlar bo‘lmaganini bildirgan.
DW yozishicha, siyosatchi Argentinadan Ekvadorga, u yerdan esa Mayamiga yo‘l olgan bo‘lishi mumkin. U pasportlarini topshirish haqidagi sud talabini bajargan-bajarmagani noma’lum. OAV uning Italiya fuqaroligi ham borligini xabar qilgan.
Bolsonaru maktubida AQSh prezidenti Donald Tramp va Argentina prezidenti Xavyer Mileyga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan.
Braziliyada murojaat tanqid qilindi

