Samarqandda öqituvçi öquvçi qizni kaltaklagani holati örganilmoqda
Voqea 23-oktabr kuni Jomboy tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida sodir bölgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltaklagani holati o‘rganilmoqda
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘qituvchi o‘quvchi qizni sinfdoshlari oldida kaltaklagani aks etgan tasvirlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat 23-oktabr kuni Jomboy tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabining 8-«G» sinfida fizika darsi vaqtida sodir bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida o‘rganilmoqda.
Rasmiy munosabatga ko‘ra, o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha va batafsil maʼlumot beriladi.

