Mahalliy

Samarqandda temir to‘siqqa urilgan Epica haydovchisi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida Epica rusumli avtomobil haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urildi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda temir to‘siqqa urilgan Epica haydovchisi vafot etdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida Epica avtomobili temir to‘siqqa urilishi natijasida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Voqea 27-oktabr kuni soat 21:00 lar atrofida tumanning “Qo‘ng‘irot” MFY hududidan o‘tuvchi D-076 avtomobil yo‘lining 80-kilometrida yuz bergan.

Idora bergan ma’lumotga ko‘ra, Ishtixon — Payshanba yo‘nalishida harakatlanayotgan Epica rusumli avtomobil haydovchisi e’tiborsizligi sabab rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi temir to‘siqqa borib urilgan.

Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida VAZ-2105 avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan, buning oqibatida 26 yoshli haydovchi shifoxonada vafot etgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.