Mahalliy

Samarqandda YPX xodimini mashinasida sudragan haydovchi qamoqqa olindi

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda YPX xodimini avtomobilida sudrab ketgan haydovchi hibsga olindi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 5-avgust kuni Registon ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi yo‘l belgisiga rioya qilmay harakatlangan Spark rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Xodim haydovchidan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘raganida, haydovchi uning qonuniy talabini bajarmagan.

Shundan so‘ng, yo‘l-patrul xizmati inspektori takroran hujjatlarni so‘rab, qo‘l uzatgan vaqtda, haydovchi oynani ataylab yopib, mashinani haydab ketgan va xodimni ma’lum masofagacha sudragan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu transport vositasi va uning haydovchisi topilib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Haydovchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.