Mahalliy

Samarqandda soxta dollarlarni oʻtkazishda gumonlanib uch kishi qoʻlga olindi

Samarqand viloyatida qalbaki AQSh dollarini oʻtkazishga urinishda gumonlanib uch kishi ushlandi. Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmati, bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻtkazildi.

Samarqandda soxta dollarlarni oʻtkazishda gumonlanib uch kishi qoʻlga olindi

Xavfsizlik Telegram-kanalining xabar berishicha, Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003 yillarda tugʻilgan uch nafar shaxs shartli xaridorga umumiy summasi 7400 dollar boʻlgan 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan vaqtida qoʻlga olindi. Ular ushbu pullar evaziga 44 mln soʻm talab qilishgan.

Xabarga koʻra, qoʻlga olinganlarning ikkisi ilgari ham sudlangan. Qalbaki banknotalar Turkiyadan keltirilgani taxmin qilinmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.