Samarqandda inson kapitali va xalqaro taʼlim masalalariga bağişlangan «Global Talent Forum» ötkazilmoqda
Xorijda taʼlim olgan yoşlarning bilim va tajribasidan mamlakat rivojida foydalaniş, stipendiya dasturlarini iqtisodiyot ehtiyojlari bilan boğlaş – inson kapitalini rivojlantirişdagi muhim vazifalardan.

Samarqandda inson kapitali va xalqaro taʼlim masalalariga bagʻishlangan «Global Talent Forum» oʻtkazilmoqda
29-30 oktabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtayotgan «Global Talent Forum» xalqaro forumining kun tartibida yoshlarning bilim va tajribasini mamlakat taraqqiyotiga yoʻnaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi mavzular oʻrin olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tashkil etayotgan forumning bosh hamkori – Oʻzbekiston Milliy banki (NBU), strategik hamkori esa «Uzbekistan’s Club» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti. MKBANK, «Xalq banki» AT, «Agrobank» ATB, «Uzbekistan Airways» AJ va «PEPSI» ham forum hamkorlari hisoblanadi.
Anjumanda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Turkiya Oliy taʼlim kengashi, Xalqaro taʼlim instituti (IIE), «Bolaşaq» dasturi, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD), British Council, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Education USA vakillari ham ishtirok etmoqda.
«El-yurt umidi» jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-2026 yillarda oʻtkazilgan uchta ochiq tanlovda qariyb 500 nafar yoshlar Prezident stipendiyasiga sazovor boʻlgan. Ularning 80 foizi dunyoning Top-100 universitetlariga qabul qilingan. Forumda bu kabi taʼlim dasturlarining natijalari, xorijda tahsil olgan yoshlarning bilim va tajribasidan Oʻzbekistonda foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, malakali kadrlar tayyorlashda xalqaro tashkilotlar, taʼlim muassasalari va moliya institutlarining oʻrni masalalariga ham alohida urgʻu berilmoqda.
Forum dasturidan moliya institutlarining inson kapitalini rivojlantirishdagi roliga bagʻishlangan sessiya, kelgusi oʻn yillik uchun hamkorlik istiqbollariga oid muloqotlar va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar oʻrin olgan. Uchrashuvlarda mehnat bozoridagi kadrlarga ehtiyoj, talab yuqori boʻlgan koʻnikmalar, yoshlarning ishga joylashishi va kasbiy oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlar asosiy mavzulardan boʻladi.
30-oktabr kuni dastur doirasida «El-yurt umidi» jamgʻarmasining «Samarkand Tea Time» uchrashuvi ham boʻlib oʻtadi. Unda ishtirokchilar kasbiy tajribasi va tashabbuslari bilan oʻrtoqlashadi.

