Samarqandda erkak itni skuterga boylab, uni asfalt boʻylab sudrab ketdi. Aholi tekshiruv oʻtkazilishini talab qilmoqda

Samarqandda erkak kishi itni skuterga bogʻlab, asfalt boʻylab sudrab ketdi. Aholi tekshiruv oʻtkazilishini talab qilmoqda
Samarqandda guvohlar hayvonga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlish ehtimoli haqida soʻzlab berishdi. Ularning soʻzlariga koʻra, erkak kishi itni skuterga bogʻlab, asfalt boʻylab sudrab ketgan va faqat voqeani videoga ola boshlagan turistlarning eʼtirozlaridan keyingina toʻxtagan. Bundan soʻng it oʻz oyoqlarida mustaqil tura olmagan.
Bu haqda huquq himoyachisi va jamoat arbobi Yelena Babenkoga hayvonga nisbatan shafqatsiz muomala holatini oshkor qilish iltimosi bilan shaxsiy xabarlarda maʼlum qilishgan.
Guvohlarning xabar berishicha, erkak skuterda ketayotgan boʻlgan va ortidan bogʻlangan itni sudrab borgan. Uning yonida ikki nafar bola boʻlgan. Faqat turistlar norozilik bildirib, sodir boʻlayotgan hodisani videoga olishni boshlaganidagina u toʻxtagan. It yerda yotgan va oʻrnidan tura olmagan. Tashqi belgilariga koʻra, uning oyoqlari jiddiy shikastlangan boʻlishi mumkin.
Guvohlar huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilishmoqchi, biroq keng jamoatchilik eʼtiborisiz ushbu hodisa tegishlicha oʻrganilmasdan qolishidan xavotirda.
Endilikda Samarqand huquqni muhofaza qilish organlarining munosabati kutilmoqda, ular yuz bergan hodisa haqidagi maʼlumotni tekshirishi va unga huquqiy baho berishi kerak.
Itning ahvoli haqida hozircha maʼlumot yoʻq.
Avvalroq Toshkentda kattalar mushukning boʻyniga arqon bogʻlab, uni bolaga topshirgani aks etgan video muallifi hayvonga shafqatsiz muomalada boʻlgani uchun jarimaga tortilgan edi.

