Mahalliy

Samarqandda 8 nafar piyodani urib yuborishiga bir bahya qolgan haydovchi jarimaga tortildi

Tashkent Times — bu Oʻzbekistonning barcha soʻnggi yangiliklarini taqdim etuvchi ingliz tilidagi onlayn gazetadir

Samarqandda 8 nafar piyodani urib yuborishiga bir baxya qolgan haydovchi javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda qora rangli Chevrolet Malibu avtomobili katta tezlikda piyodalar oʻtish joyidan oʻtib, sakkiz nafar piyodani urib yuborishiga bir baxya qolgani aks etgan video tarqaldi.

Hodisa hududdagi kuzatuv kamerasi tomonidan qayd etilgan. Kadrlarda boshqa transport vositalari piyodalarning oʻtishiga yoʻl berish uchun toʻxtagani, piyodalar chizilgan oʻtish joyidan deyarli oʻtib boʻlayotganida qora rangli Malibu toʻxtamasdan oʻtib ketgani aks etgan. Hech kim jabrlanmagan.

Samarqand shahar IIB maʼlumotlariga koʻra, hodisa 8 sentyabr kuni soat taxminan 22:20 larda Mirzo Ulugʻbek koʻchasida yuz bergan. Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari surishtiruvdan soʻng transport vositasi va uning haydovchisini aniqlashdi.

Haydovchi sodir boʻlgan voqeani tushuntirar ekan, shoshilayotganini va tormozi ishlamay qolganini, shu sababli birinchi boʻlakdan uchinchi boʻlakka oʻtib ketganini aytdi.

Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-10-moddasi birinchi qismi (Yoʻl bezoriligi) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirda u soʻroq qilinmoqda va ish hujjatlari Samarqand shahar sudiga yuborilishi rejalashtirilgan.

Ushbu moddaga koʻra, aybdor deb topilgan shaxslar bir yildan ikki yilgacha boʻlgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi va bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, yaʼni 11 million soʻm miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.