Samarqand viloyatidagi korxona qarzdorligi yoʻqligiga qaramay, noqonuniy ravishda elektr tarmogʻidan uzib qoʻyildi
Samarqand viloyatidagi «B.N.V.A.» MCHJ korxonasi elektr energiyasidan qarzdorligi boʻlmasa-da, tarmoqdan uzib qoʻyilgan. Rahbarning Biznes-ombudsmanga murojaatidan soʻng elektr energiyasi taʼminoti qayta tiklandi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Tekshiruv shuni koʻrsatdiki, uzilish tashqi omillar va yagona energetika tizimidagi hisob-kitoblardagi uzilishlar sababli yuz bergan. Oqibatda ishlab chiqarish toʻxtab qolgan, kompaniya esa zarar koʻrgan. Bundan tashqari, korxona […]

Samarqand viloyatidagi «B.N.V.A.» MCHJ korxonasi elektr energiyasidan qarzdorligi boʻlmasa-da, elektr tarmogʻidan noqonuniy uzib qoʻyilgan edi. Korxona rahbarining Biznes-ombudsmanga qilgan murojaatidan soʻng elektr taʼminoti qayta tiklandi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.
Tekshiruv shuni aniqladiki, uzilish tashqi omillar va yagona energetika tizimidagi hisob-kitoblardagi uzilishlar sababli yuz bergan. Buning oqibatida ishlab chiqarish toʻxtab qolgan va kompaniya zarar koʻrgan.
Bundan tashqari, korxona yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun elektron hisob-fakturalarni oʻz vaqtida ololmagan, bu esa soliq hisobotlarini tayyorlashni qiyinlashtirgan.
Biznes-ombudsman devoni xodimlari «Oʻzenergoinspektsiya» Samarqand hududiy boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda tekshiruv oʻtkazdi.
Uning natijalariga koʻra, korxonaning elektr taʼminoti toʻliq tiklandi. Bundan tashqari, «HET» AJ «Energosozdo» filialining Urgut tuman boʻlimi umumiy summasi 118,9 mln soʻmlik kechiktirilgan elektron hisob-fakturalarni yuklab berdi.

