Mahalliy

Samarqand forumi: Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazining 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tadbir

28 sentyabr kuni Oʻzbekiston poytaxtida oʻz ishini boshlagan Inson huquqlari boʻyicha beshinchi Samarqand forumining yuqori darajadagi yigʻilishi «Xalqaro majburiyatlardan — samarali amalga oshirishgacha: inson huquqlari sohasidagi milliy implementatsiya mexanizmlarining roli» mavzusidagi yubiley yigʻilishi bilan davom etdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tashkil etilganligining 30 yilligiga bagʻishlandi. Oliy sud raisining maʼruzalari tinglandi […]

Samarqand forumi: Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazining 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tadbir

28 sentyabr kuni Oʻzbekiston poytaxtida boshlangan Inson huquqlari boʻyicha beshinchi Samarqand forumining yuqori darajadagi yigʻilishi «Xalqaro majburiyatlardan — samarali amalga oshirishgacha: inson huquqlari sohasidagi milliy implementatsiya mexanizmlarining roli» mavzusidagi yubiley sessiyasi bilan davom etdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tashkil etilganining 30 yilligiga bagʻishlandi.

Maʼruzalar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Robaxon Mahmudova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi Gulrux Agzamova, Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti prezidenti Vasip Shahin, Tailand Inson huquqlari boʻyicha milliy komissari Suchart Setthamaline, Turkiya Respublikasi Ombudsmani Ertunch Erkan Balta, Qatar Inson huquqlari boʻyicha milliy komissiyasi raisi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar Osiyo-Tinch okeani forumi Rahbarlik qoʻmitasi aʼzosi Muhammad bin Saif al-Kuvayri, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy huquqiy koordinatori Jala Azizova, Xalqaro yuristlar komissiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha dasturi direktori Temur Shakirov, Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi prezidenti Azamat Shambilov soʻzga chiqdilar.

Muhokamalarda, shuningdek, Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar global alyansi raisi, Marokash Inson huquqlari boʻyicha milliy kengashi prezidenti Amina Buayach, Xitoy Inson huquqlarini oʻrganish jamiyati ijrochi vitse-prezidenti Tszyan Tszyango, Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari boʻyicha vakili Yana Lantratova, Qozogʻiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi rahbari Anvar Sabirov, BMT Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari boshqarmasi Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy mexanizmlar boʻlimining Shartnomaviy organlar salohiyatini oshirish dasturi inson huquqlari boʻyicha xodimi Mari-Ev Buaye-Fridrix, «UPR Info» xalqaro nohukumat tashkiloti Ijroiya kengashi raisi Janni Magazzeni ishtirok etdilar va onlayn tarzda nutq soʻzladilar.

Ishtirokchilar taʼkidlaganidek, 2026 yil Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tashkil etilganining 30 yilligi yili ham boʻladi. Oʻtgan oʻttiz yil davomida Milliy markaz inson huquqlari sohasida xalqaro standartlarni ilgari surish, Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari bajarilishini taʼminlash, BMTning inson huquqlari boʻyicha tizimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlari sohasida taʼlim, tadqiqotlar va institutsional rivojlanish masalalarida yetakchi oʻrinlarni egalladi.

Ushbu yubiley xalqaro majburiyatlarni samarali amaliy amalga oshirishda milliy institutlar, shuningdek, ijro etish, hisobot berish va monitoring qilish boʻyicha milliy mexanizmlarning roli va oʻrnini baholash uchun keng imkoniyatlar ochadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu yigʻilish Milliy markazning 30 yilligini nishonlash bilan bir qatorda, inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishda ijro etish, hisobot berish va monitoring qilish boʻyicha milliy mexanizmlarning ortib borayotgan roli toʻgʻrisidagi muloqot uchun muhim maydonga aylangani bejiz emas.

Muhokamalar davomida asosiy eʼtibor idoralararo muvofiqlashtirish, milliy mexanizmlar va ilgʻor xalqaro tajribaga qaratildi. Ishtirokchilarning fikriga koʻra, Forum doirasidagi faol munozaralar milliy darajada inson huquqlari standartlarini joriy etishni kengaytirish, taraqqiyot huquqini ilgari surish va zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda global birdamlikni mustahkamlash boʻyicha amaliy yechimlarni ishlab chiqishga munosib hissa qoʻshadi.

Inson huquqlari boʻyicha beshinchi Samarqand forumi doirasida, shuningdek, «Capstone Project Uzbekistan» inson huquqlari boʻyicha taʼlim dasturi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Gʻoliblarga mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi direktori Akmal Saidov, Niderlandiya Qirolligining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi missiyasi rahbari oʻrinbosari Martin Van Byuren va Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi prezidenti Azamat Shambilov topshirdilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.