Samarqand elektr tarmoqlari Aksa kompaniyasiga qanday shartlar bilan berilmoqda?
Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha Turkiyaning Aksa kompaniyasi bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik bitimi prezident qarori bilan tasdiqlandi. Xususiy sherik 12 yil davomida 357 mln dollar, shu jumladan dastlabki 2 yil ichida kamida 27 mln dollar toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritish majburiyatini olmoqda. Aksa tarmoqlarni modernizatsiya qilib, yoʻqotishlarni kamaytirishi kerak, davlat esa bitimga muvofiq investorning daromadini kafolatlaydi.

Samarqand viloyatining elektr taqsimlash tarmoqlari Turkiyaning Aksa kompaniyasiga qanday shartlar asosida berilmoqda?
Prezident qarori bilan Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish ishlari Turkiyaning Aksa kompaniyasiga topshirilishi belgilandi.
Hujjatda ushbu loyihaning asosiy maqsadlari quyidagicha koʻrsatilgan:
* Xususiy operatorni jalb qilish orqali davlat xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish.
* Isteʼmolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash va xizmat sifatini oshirish.
* Samarqand viloyati elektr taqsimlash tarmoqlarida yillik energiya yoʻqotishlarini kamaytirish: texnik audit natijalariga koʻra aniqlangan yoʻqotish 20–25 foiz oraligʻida boʻlsa, loyiha davrida uni har yili 1,4 foizga, 15–20 foiz oraligʻida boʻlsa, har yili 0,6 foizga pasaytirish.
Oʻtkazilgan xalqaro tender natijalariga koʻra, "Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish" loyihasini moliyalashtirish, qurish, boshqarish, texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish boʻyicha "AKSA Elektrik Perakende Satış A.Ş." (Turkiya) kompaniyasi tender gʻolibi deb topildi.
Tender gʻolibi Oʻzbekistonda "AKSA Samarqand Electricity Distribution" MCHJ (xususiy sherik)ni tashkil etdi.
**Investitsiya kiritish majburiyatlari**
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tender gʻolibi nomidan xususiy sherik oʻrtasida 2026-yil 29-yanvarda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim imzolangan. Unga koʻra, tender gʻolibi va xususiy sherik Samarqand viloyatida loyiha muddatining dastlabki 12 yili davomida 357 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish majburiyatini oldi.
2026-yil 29-yanvarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (davlat sherigi) va xususiy sherik oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim ham imzolangan. Unga koʻra, xususiy sherik:

