Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti raisi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

**Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi**
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mirziyoyeva oʻzining Telegram-kanalida ushbu uchrashuv haqida shunday yozdi: "Samimiy ruhda kechgan suhbat chogʻida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda."
U Xitoy tomonining qoʻllab-quvvatlashini va transport, savdo, taʼlim va madaniyat yoʻnalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda amalga oshirishga boʻlgan intilishini yuqori baholadi. "Oldimizda mushtarak rejalar koʻp, asosiy vazifa esa – ularni izchil hayotga tatbiq etishdir," deya taʼkidladi Mirziyoyeva.
Yakunda Mirziyoyeva janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.

