Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Qozog‘istondagi parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati 23-avgust kuni xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida Qozog‘istonning yangilangan parlamenti — Qurultoyga saylovlar xalqaro meʼyorlar va demokratik tamoyillarga muvofiq o‘tkazilganini taʼkidladi. Mirziyoyev ushbu tarixiy voqea Qozog‘iston siyosiy tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va parlament rolini kuchaytirishda yangi bosqichni boshlab berganini qayd etdi.

Maktubda fuqarolarning saylovlardagi faol ishtiroki Qosim-Jo‘mart To‘qayev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganining yorqin dalili ekanligi yozilgan.

"Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari ruhida yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishiga ishonch bildirildi", deyiladi xabarda.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 23-avgust kuni Qozog‘istonda bir palatali parlament — Qurultoyga saylovlar boshlangani xabar qilingandi. Qozog‘istonning ikki palatali parlamenti 30-iyun kuni o‘z ishini rasman yakunlagan edi.

Ushbu islohot qo‘shni respublikaning siyosiy tizimini tubdan o‘zgartiradi: ikki palatali parlament — Senat va Majlis o‘rniga bir palatali Qurultoy tashkil etildi. Vitse-prezident lavozimi qaytarildi, yangi maslahat organi — Xalq kengashi paydo bo‘ladi, uning aʼzolari prezident tomonidan tayinlanishi kutilmoqda.

Mamlakatda 1-iyuldan boshlab yangi Konstitutsiya kuchga kirgandi. Mart oyida uning loyihasi qariyb 90 foiz ovoz bilan maʼqullangan edi. Yangi Konstitutsiya amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yana davlat rahbari saylovida ishtirok etish imkonini beradi. Sababi 1995-yilgi Konstitutsiya bo‘yicha ayrim davlat lavozimlarini egallagan shaxslar yangi Konstitutsiya kuchga kirganidan keyin tegishli lavozimlarga qayta saylanishi yoki tayinlanishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.