Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Donald Tramp bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. U Trampga Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Sentyabr oyi oxirida Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurgan edi.

Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Donald Tramp bilan uchrashuv oʻtkazdi
1 oktyabr kuni kechqurun Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.
«AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish va unga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklarini yetkazish men uchun katta sharafdir», — deb yozdi u.
Boʻlib oʻtgan muzokaralar tafsilotlari nashrda ochiqlanmagan.
23 sentyabr kuni Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasining umumiy munozaralarida Oʻzbekiston nomidan nutq soʻzlagan edi.
AQShga tashrifi davomida u, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, BlackRock investitsiya kompaniyasi va Google rahbariyati bilan uchrashdi, shuningdek, BMTning demografik barqarorlik masalalariga bagʻishlangan tadbirida ishtirok etdi.
Shundan soʻng u BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov boʻyicha 15-kongressida ishtirok etish uchun BAAga joʻnab ketdi.

