Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyati narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanishdi
Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda sohani tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyati narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanishdi
Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyati narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanishdi. Prezident administratsiyasi rahbari u yerga sohadagi vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, o‘zgarishlarni eng murakkab nuqtadan boshlash maqsadida bordi.
Qayd etilishicha, munosib sharoit va malakali yordam bilan birga samimiy e’tibor ham bemorga kuch bag‘ishlaydi. Ba’zan bir og‘iz dalda kishida ishonch va umid uyg‘otadi. Hech kim yordam so‘rashdan cho‘chimasligi, dardi bilan yolg‘iz qolmasligi kerak.
Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda sohani tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ta’kidlandi. Unda inson, uning qadri va sog‘lom hayotga qaytishiga ko‘maklashish asosiy e’tiborda bo‘ladi.

