Saida Mirziyoyeva Qarshidagi kanal boʻyi hududini obodonlashtirish rejalari haqida maʼlum qildi
Qarshida «Chap tarmoq» kanalini betonlashtirish va uning qirgʻoqlarini obodonlashtirish rejalashtirilmoqda. Ishlar yaqin orada boshlanadi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishish yakunlari boʻyicha oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva Qarshidagi kanal boʻyi hududini obodonlashtirish rejalari haqida soʻzlab berdi
Saida Mirziyoyevaning soʻzlariga koʻra, kanalning betonlanishi 1,4 ming gektar yerni suv bilan taʼminlash imkonini beradi. Bundan tashqari, uning yoqasida kechayu kunduz ishlaydigan dam olish zonalari va piyodalar yoʻnalishlari paydo boʻladi. Ulardan yon-atrofdagi toʻrtta mahallaning 25 ming nafar aholisi foydalanishi koʻzda tutilgan.
«Mintaqa uchun suv taʼminoti masalasi ayniqsa dolzarbdir, shuning uchun biz ushbu mavzuga ustuvor ahamiyat qaratdik», — deyiladi xabarda.

