Sadir Japarov xorijda vatanini tanqid qilayotgan qirg‘izlarni manqurtlikda aybladi

Sadir Japarov xorijda vatanini tanqid qilayotgan qirg‘izlarni manqurtlikda aybladi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-sentyabr kuni Talas shahrida mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda xorijda yashayotgan ayrim qirg‘izlarni keskin tanqid qildi.
Ma’lum qilinishicha, Sadir Japarov xorijdagi ayrim yurtdoshlarini tanqid ostiga olgan. Shu bilan birga, u chet elda ishlab, Qirg‘iziston iqtisodiyotiga hissa qo‘shayotgan qirg‘izistonliklarga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Japarov Chingiz Aytmatov asarlariga to‘xtalib, manqurt obrazi hamda jamiyatning o‘z tarixi, tili va madaniyatini unutishi fojiasini eslatib o‘tdi.
“Bizning ayrim o‘g‘illarimiz xorijda yurib, bir burda non uchun o‘z yurtida bo‘layotgan ezgu ishlardan ham yomonlik izlaydi. Bu bilan ular manqurtlik ko‘rsatmoqda. Biz ularni tarbiyalashga hamda tartibga chaqirishga harakat qilamiz”, dedi prezident.
Prezident aynan kimlarni nazarda tutganiga va qanday choralar taklif ko‘rilishiga aniqlik kiritmadi.
Japarov o‘n yillar davomida Qirg‘iziston Respublikasidan tashqarida yashab, mehnat qilayotgan yurtdoshlariga ham murojaat qildi. U vatandan olisda ularning qadri hamda yurtga bo‘lgan muhabbati alohida sezilishini ta’kidlab o‘tdi.

