Sadir Japarov Qambarota-1 GESi qurilişi bir-ikki yil içida boşlanişini aytdi
Qambarota-1 GESi Norin daryosida qurilişi rejalaştirilgan. Loyiha Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston tomonidan amalga oşirilmoqda.

Sadir Japarov Qambarota-1 GESi qurilishi bir-ikki yil ichida boshlanishini aytdi
Qirg‘izistonda Qambarota-1 GESi qurilishi 2027 yoki 2028-yilda boshlanishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov Jalolobod viloyatining To‘shko‘mir va Qorako‘l shaharlari aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Muloqot chog‘ida u Qambarota GESi qurilishi haqida so‘z yuritar ekan, mazkur loyiha mamlakat uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, GES qurilishi yaqin yillarda boshlanishi mumkin.
«Qambarota-1 bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yakunlandi. Xudo xohlasa, kelasi 2027 yoki 2028-yilda qurilishni boshlaymiz va besh-olti yil ichida qurib bitkazamiz», - dedi u.
Qambarota-1 GESi Norin daryosida qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonidan amalga oshirilmoqda. GES qurib bitkazilgach, yiliga 6 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Uning qiymati 4,2 mlrd dollar deb baholangan.

