Dunyo

Roğun GESda avariya röy bergani maʼlum böldi

Texnik suv saqlanadigan rezervuar yorilişi oqibatida suv işçilar ustiga quyilgan.

Ro‘ğun GESda avariya yuz bergani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Tojikistondagi Ro‘ğun GES qurilish hududida favqulodda holat yuz bergani va pastga suv oqib tushayotgani aks etgan video tarqaldi. Manbalar hodisa oqibatida kamida besh kishi jarohatlanganini xabar qilgan.

Tojikiston hukumati 28-oktabr kuni bir hafta oldin yuz bergan avariya yuzasidan ma’lumot berdi.

Hodisa 21-oktabr kuni taxminan soat 16:15 da GESning «B» seksiyasida, to‘rtinchi yarusdagi qurilish tunnelida olib borilayotgan sementlash ishlari paytida sodir bo‘lgan. Rezervuar yorilishi oqibatida texnik suv tunneldagi ishchilar ustiga oqib tushgan.

«Hodisa tunnelning chiqish qismida, 32 va 33-sonli platformalar hududida sodir bo‘lgan. Bu vaqtda u yerda Sino Hydro subpudrat kompaniyasi ishchilari bo‘lgan. Texnik suv ular ustiga quyilgan», – deyiladi idora izohida.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tunnelning ushbu qismida suv yig‘ish uchun ikkita rezervuar joylashgan. Yuqoridagi rezervuar yorilgandan so‘ng pastdagi suv chiqarish rezervuari ham shikastlangan. Natijada ikkala rezervuardagi suv bir vaqtning o‘zida tunnelning ishchilar turgan quyi qismiga oqib tushgan.

Hodisa oqibatida ishchilardan hech birida jismoniy jarohatlar bo‘lmagani, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgani va ishga qaytishgani qayd etilgan.

«Ozodlik» radiosi esa o‘z manbasiga tayanib, hodisa oqibatida gidroelektrstansiyaning kamida besh nafar ishchisi tan jarohati olganini xabar qilgandi.

Hodisa sabablarini aniqlash va bunday holatlarning oldini olish maqsadida ishchi guruh tuzilgan. Mutaxassislar ishlab chiqarish obyektlarida suv yig‘ish rezervuarlarining texnik holatini, ankerli mahkamlagichlarning ishonchliligini va xavfsizlik talablariga rioya etilishini o‘rganmoqda.

Bu birinchisi emas

Ro‘ğun GES qurilishidagi xavfsizlik masalasi oldingi yillarda ham ko‘tarilgan. Jumladan, 2024-yil noyabr oyida qurilish maydonida yuz bergan avariya oqibatida uch nafar ishchi halok bo‘lib, yana bir kishi jarohatlangandi.

2025-yilda ham xavfsizlik masalasidagi muhokamalar davom etgan. Loyihada ishtirok etayotgan Eron kompaniyasi xodimlaridan biri sifatsiz materiallar ishlatilayotganini taxmin qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.