Dunyo

Rossiyaning Çernixivga zarbasida 15 yoşli ikki qiz halok böldi

Ukraina rasmiylariga köra, Rossiyaning 29-oktabr kuni Çernixiv markaziga bergan zarbasida 15 yoşli ikki qiz halok böldi, kamida 25 kişi jarohatlandi. Şu kuni Dniprodagi temiryöl vokzaliga dron hujumi oqibatida yana kamida 14 kişi hayotdan köz yumdi. Kremençug va Kievda ham qurbonlar qayd etildi.

Rossiyaning Çernixivga uyushtirgan zarbasida 15 yoshli ikki qiz halok bo‘ldi. DW nashrining yozishicha, Çernixiv markaziga «Banderol» (S8000) o‘q-dorisi bilan zarba berilgan. U qanotli raketa va reaktiv hujumkor dron xususiyatlarini birlashtirgan kichik o‘lchamli qurol sifatida ta’riflangan.

Çernixiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vyaçeslav Çausning ma’lum qilishicha, jarohatlanganlar orasida to‘rt nafar bola bor. Ular — 10 oylik chaqaloq qiz, 10 yoshli qiz hamda 16 va 17 yoshli o‘g‘il bolalar.

«Ikki bola — aka-singil og‘ir ahvolda. Hozir jami sakkiz kishi shifoxonalarda. Qolganlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan yoki ular ambulator davolanmoqda», — deb yozgan Çaus Telegram’da.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati zarba oddiy ko‘chaga berilgani, uylar, do‘konlar va avtomobillar shikastlanganini bildirgan. Xizmat bayonotida hujumning «hech qanday harbiy ma’nosi yo‘q»ligi ta’kidlangan.

Çernixivda 30-oktabr motam kuni deb e’lon qilingan.

29-oktabr kuni Dnipro shahridagi temiryo‘l vokzali ham dron hujumiga uchragan. Zarba oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 14 kishi jarohatlangan.

Ukraina qutqaruv xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni Kremençugga berilgan zarbada uch kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 25 kishi jabrlangan.

Zaporijjyada esa 41 va 66 yoshli ikki erkak jarohatlangan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati hujumlar oqibatida to‘rtta yengil avtomobil va ochiq maydonda yong‘in chiqqanini bildirgan. Shuningdek, ombor binosi, to‘rtta avtomobil va to‘rtta avtobus shikastlangani xabar qilingan.

29-oktabr oqshomida Xarkivning Slobodsk tumaniga ham zarba berilgan. Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, portlashdan keyin ishlab chiqarish binosi va unga tutash hududda yong‘in chiqqan. Yong‘inning umumiy maydoni 400 kvadrat metrni tashkil etgan.

Boshqa bir joyda turli materiallar qoldiqlari 80 kvadrat metr maydonda yongan. Ikkita yuk avtomobili ham shikastlangan. Ishlab chiqarish binosida aynan nima saqlangani va yong‘inning aniq sababi ochiqlanmagan. Xarkiv meri Igor Terexov tumanga «Banderol» o‘q-dorisi bilan zarba berilganini ma’lum qilgan.

Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning bildirishicha, 29-oktabr kechqurun poytaxtga ballistik raketa bilan hujum qilingan. Darnitsa tumanidagi ombor binolariga zarba tegib, yong‘in chiqqan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.