Rossiyaliklar kuzgi sayohatlar uchun Oʻzbekistonni tez-tez tanlaydigan boʻlishdi

Rossiyaliklar kuzgi sayohatlar uchun tobora koʻproq Oʻzbekistonni tanlamoqda
Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlar uchun asosiy kuzgi yoʻnalishlardan biriga aylanmoqda. Turoperatorlarning xabar berishicha, mamlakatga sayohat qilishga boʻlgan qiziqish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 65 foizgacha oshgan. Eng ommabop yoʻnalishlar qatorida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva hamon yetakchilik qilmoqda.
Rossiya turindustriyasi ittifoqi maʼlumotlariga koʻra, rossiyaliklar koʻpincha klassik ekskursiya marshrutlari va qisqa siti-turlarni band qilmoqdalar.
Eng katta talab yetti-sakkiz kunlik dasturlarga kuzatilmoqda. Odatda ularga Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kiritiladi. Arxitektura va tarixiy obidalardan tashqari, sayyohlarni mahalliy taomlar, anʼanaviy hunarmandchilik va mintaqa madaniyati oʻziga jalb etmoqda.
Yoʻnalishga boʻlgan qiziqishni qulay aviaqatnovlar ham qoʻllab-quvvatlamoqda — Oʻzbekistonga ham mahalliy, ham Rossiya aviakompaniyalari parvozlarni amalga oshirmoqda.
Shu bilan birga, besh kunlik tur ikki kishi uchun 76,8 ming rubldan boshlanadi (yoʻl haqisiz). Bir haftalik sayohat kamida 100,9 ming rublga, oʻn kunlik dastur esa 153,5 ming rubldan boshlab tushadi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda sayyohlar uchun xavfsizlik xizmatlari roʻyxatini kengaytirish, jumladan, xorijlik mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar va biznes vakillariga tana soqchilari hamrohligini taklif qilish rejalashtirilmoqda.

