Layfstayl

“Rossiyalik xonandalar uchun Hamdam Sobirov — daho”. Qo‘shiqchi Gafur “Ko‘k jiguli”ning mashhurligi va Moskvada lapsha yeb kun ko‘rgani haqida

“Rossiyalik xonandalar uchun Hamdam Sobirov — daho”. Xonanda Gafur “Ko‘k jiguli” qo‘shig‘ining mashhurligi va Moskvada lapsha yeb kun kechirgani haqida so‘zlab berdi.

“Novda”, “Soy qo‘shig‘i” va “Elparvar” filmlaridagi turli rollari bilan tanilgan Gafur (Abdulg‘ofur Isaxonov) hozirda rus tilida ijod qiluvchi musiqa ixlosmandlarining sevimli xonandasiga aylangan. U Toshkentga kelib, bolaligi, tish shifokori bo‘lish uchun o‘qigani, rus tilini bilmay Rossiyaga ketgani va qanday qilib mashhurlikka erishgani haqida hikoya qildi.

**“Maykl Jeksonning muxlisi bo‘lganman”**

“Musiqa doim yuragimda bo‘lgan, ammo qo‘shiq aytishni bilmasdim. Uch yoshimda amakim Amerikadan Maykl Jeksonning kassetasini olib kelib bergan. O‘zimning kimligimni, ismimni bilmasam ham, uning qo‘shiqlarini, harakatlarini bilardim.

Yoshligimda do‘stlarim bilan ko‘chaga chiqib, o‘tirishlarga bormaganman. Musiqa maktabida, to‘garaklarda ham o‘qimaganman. Shu paytgacha musiqa haqida nima bilsam — hammasi o‘zim mustaqil uyda o‘rgangan bilimlarim. Mahallada bir akamning Paynet shoxobchasiga borib, ozgina ishlab berib, evaziga YouTube’dan xonandalarning qo‘shig‘i, qanday nola qilishi, kliplarini ko‘rib, qaytarishga harakat qilib o‘tirardim”, — deydi Gafur bolaligi haqida gapirib.

**Tish shifokori bo‘lishni xohlamagan**

Gafur ota-onasining xohishi bilan uch yil tibbiyot kollejida tish shifokori yo‘nalishida o‘qigan. U yerni tamomlab, O‘zbekiston san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kirgan. Birinchi kursda o‘qiyotganida kursdoshlaridan Rossiyada “Pesni” shousining ikkinchi mavsumi o‘tkazilishi haqida eshitib, unda qatnashish istagi paydo bo‘lgan.

“Yo‘q, men ham boraman, samolyotdaligimda javob keladi, deganman. O‘sha vaqtlar universitetda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, chet elga chiqish mumkin emasdi. Dekanimiz ham bu haqida qattiq ogohlantirgan. Dadam esa “Hech nimani o‘ylama, borib qatnashib kelaver” deb meni qo‘llab-quvvatlagan”, — deydi Gafur.

**“Moskvada o‘tkazilgan tanlovdan o‘ta olmaganman”**

“Rus tilini 20 foiz bilardim. “Mening ismim Abdulg‘ofur, salom, xayr, men O‘zbekistonlikman” degan jumlalardan nariga o‘ta olmasdim. Xullas, kastingga bordik, bilmadim qanday qilib, birinchi bosqichdan o‘tdim. Ikkinchi bosqichga sahnabop kostyumlarimni kiyib, yaxshi tayyorgarlik bilan kirsam, 20 soniyadan keyin hakamlar to‘xtatib, “Yo‘q” deyishdi. Hech nimani tushunmay qoldim, sababi xayolimda allaqachon yutib bo‘lgan edim. Xonanda Andro bilan Instagram orqali tanishib, bir-birimizga musiqalarimizning demo versiyasini tashlab yurardik.”

**“Elman meni yoniga chaqirgan”**

Gafur Toshkentga qaytganidan besh oy o‘tgach, Jony, Elman va Andro rus estradasida “yorib chiqishayotgani”ni ko‘rib, ular uchun xursandligini yozib yuborgan. Shunda leyb prodyuseri bo‘lgan Elmandan “Hozir biz uchta artistmiz. Agar yaxshi qo‘shiq yozib bersang, seni to‘rtinchi xonanda qilib leyblga qo‘shamiz”, degan taklifni olgan.

“Yozdim, yigitlarga yubordim, qo‘shiq ularga yoqib, “Moskvaga yetib kel, birga yashaymiz, birga ijod qilamiz”, deyishdi. Dadamga aytsam, boraver o‘g‘lim, gazni bos, degan. Moskvaga ko‘chib borganman. U yerda bir yarim yil uydan ko‘chaga chiqmaganman. Studiya ham o‘sha uyda edi, hammasini uyda qilardik. O‘zimga o‘zim biror natijaga erishmagunimcha hech qanday ko‘ngilochar joylarga borish yo‘q deganman. Yigitlar kolbasa va non olib kelib, ketchup, mayonez bilan yerdi, men esa nonning o‘ziga ketchup surtib yerdim. Yana tezpishar lapshalar yerdik.

Shunday qilib bir yil o‘tdi. Kelishuvga ko‘ra, ular meni to‘rtinchi xonanda qilib rasman e’lon qilishi kerak edi, lekin jim-jit. Yigitlar konsertlar berishyaptiyu, men ularga yozib bergan o‘sha qo‘shig‘imni hali ham chiqarishmagandi. Sababi bitta qo‘shiq chiqqach, ikki haftadan keyin yana yangisi chiqish kerak edi. Men yozayotgan qo‘shiqlarim Jony bilan Androga yoqsa, Elmanga yoqmasdi. Shu bilan miyamda “Menimcha bundan biror narsa chiqmaydi, fastfud’larda ishlab bo‘lsa ham, ko‘chada tong ottirishga to‘g‘ri kelsa ham, kun ko‘raman. Uyga natijasiz qaytmayman”, degan xayollar aylanardi. Chunki ketayotganimda kursdoshlarim, ustozlarim qo‘lingdan kelmaydi deb kulishgan edi”, — deya eslaydi Gafur.

**“Sevgan qizim bilan Oyga qarab, mashhur qo‘shig‘imni yaratdim”**

2019-yil dekabrda xonandaning “Luna” nomli yangi klipi namoyish etilgan. Qisqa vaqt ichida mashhurlikka erishgan kompozitsiyaning muvaffaqiyati xonandaning shaxsiy hayotini o‘z ichiga olganligi bilan bog‘liq. Gafur qo‘shiqning yaratilish tarixi haqida ham so‘zlab berdi.

“O‘sha paytlarda Toshkentda sevgan qizim bor edi, 4 yildan buyon gaplashardik. Men birdan Moskvaga ketib qolganimdan so‘ng, sog‘inch qattiq bo‘lgan. Oramizda minglab kilometrlar bor, telefonda gaplashib, ikkalamiz bir vaqtda Oyga qarardik. Shu bilan biroz bo‘lsa-da, sog‘inch bosilgandek bo‘lardi. Ana shunday kunlarda pianino chalib o‘tirsam, “Oy bizni har kuni bir-birimizga yanada yaqinlashtiradi” degan jumla xayolimga kelgan va mashhur “Luna” qo‘shig‘imni yozganman. So‘zlarni rus tiliga tarjima qilishda do‘stlarim yordam bergan, chunki o‘zim hali ham tilni yaxshi bilmasdim. Yigitlar bilan bir-birimizni juda tushunmasak, qo‘l harakatlari orqali gaplashardik. Biror yangi so‘z, jumla o‘rgansam, yozib qo‘yardim. Shu usul orqali rus tilini yaxshi o‘rganib olganman”, — deydi Gafur.

**“Meni to‘rtinchi xonanda deb e’lon qilishdi, ammo…”**

“Chamasi bir yillar o‘tgach, Elman kelib, yangi konsertda men to‘rtinchi artist sifatida e’lon qilinishimni aytib qoldi. Yangi qo‘shiqlar yozdik, imijim ustida stilistlar ishlashdi. O‘zimda yo‘q xursand edim. Sahnaga chiqib, 4-5 ming muxlis qarshisida birinchi marta qo‘shiq kuylaganman. Jamoaga qabul qilinishim bilan shartnoma imzolaganman, ammo ular bilan shunchalik aka-uka bo‘lib ketganimiz tufayli shartnomani o‘qib ham o‘tirmaganman.”

**“Lollipop” qo‘shig‘imni uning raqsi mashhur qilgan”**

“Lollipop” taronasiga ishlangan klipdagi Gafur va Jony’ning raqslari yoshlar o‘rtasida ommalashgan. Ushbu harakatlar, ayniqsa, TikTok ijtimoiy tarmog‘ida chellenjga aylangan.

“Lollipop” — mualliflik qo‘shiqlarimni endi yozayotgan paytimdagi ikkinchi trekim bo‘lgan. Jonyga qo‘yib bergan paytimda unga yoqib, kel birga shuni kuylaylik degan. Qo‘shiqni bastalash jarayonida unga mos TikTok’bop raqs ham o‘ylaganmiz.

Shunda Jonyga bu trek yoki xit bo‘lib ketadi, yoki umuman eshitishmaydi, ammo o‘rtada qolib ketmaydi, deganman. Xullas, qo‘shiqni chiqarganimizdan keyin men kutganchalik natija bo‘lmadi. Top-chartlarda ham 70-o‘rinda turgandi. Uyda siqilib o‘tirib, anavi raqsni bekorga o‘ylab topmagandimku deb, TikTok uchun raqsimni videoga olib, qo‘yib yuborganman. Ertasiga uyg‘onsam rossiyalik bloger qiz va yana 7 mingta TikToker shu harakatlar bilan video olgan, uning ertasiga 30 mingta, ertasiga 150 mingta va shunday qilib 700 mingta video olingan. Qo‘shig‘im ham Top-chartlarda 60, 50, 3, 2, 1-o‘ringa chiqib qoldi. Taksida ketayotib, svetaforda to‘xtasak, yonimizdagi mashinalarda ham qo‘shig‘im qo‘yilgan bo‘lardi. Taronam shu tariqa ommalashib ketgan”, — deydi u.

**“Rus xonandalar uchun Hamdam Sobirov — daho”**

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.