Rossiyadan Oʻzbekistonga 1 million rubldan ortiq naqd pul olib chiqish cheklandi
Rossiyada naqd Rossiya rublini Oʻzbekistonga olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etildi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi. Hujjatga koʻra, jismoniy shaxslarga Rossiyadan Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga 1 million rubldan ortiq miqdordagi naqd rublni olib chiqish taqiqlanadi. Belgilangan cheklov buzilgan taqdirda, 1 million rubldan ortiq boʻlgan summa musodara qilinadi. […]

Rossiyadan Oʻzbekistonga 1 million rubldan ortiq naqd rubl olib chiqish cheklandi
Rossiyada Oʻzbekistonga naqd Rossiya rublini olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etildi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi.
Hujjatga koʻra, jismoniy shaxslarga Rossiyadan Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga 1 million rubldan ortiq miqdordagi naqd rublni olib chiqish taqiqlanadi.
Agar belgilangan cheklov buzilsa, 1 million rubldan ortiq boʻlgan summa musodara qilinadi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qoidalar yanada qattiqroq: ularga summasidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Tojikistonga naqd Rossiya rublini olib chiqish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, farmonda bir qator istisnolar nazarda tutilgan. Xususan, jismoniy shaxslar hukumat tomonidan belgilangan xalqaro aeroportlar orqali, agar olib chiqilayotgan barcha summa hisobvaraqdan yoki omonatdan yechib olinganini tasdiqlovchi bank hujjatlari yoki nazarda tutilgan boshqa hujjatlar mavjud boʻlsa, 1 million rubldan ortiq mablagʻni olib chiqishlari mumkin boʻladi.
Xalqaro tashuvlar bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar uchun, shuningdek, Rossiya diplomatik va konsullik vakolatxonalari hamda boshqa xorijiy vakolatxonalari faoliyati uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlarini olib chiqish uchun alohida istisnolar belgilangan.
Farmon 2026 yil 29 sentyabrdan kuchga kirdi.

