Rossiyadan 4,4 mingdan ziyod özbekistonlikning qaytişiga yordam berildi
Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi sentabr oyida 4 401 nafar özbekistonlikning vatanga qaytişiga kömaklaşdi. Şu davrda 983 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam berildi, 5 715 ta holatda huquqiy maslahat va yordam körsatildi.

Rossiyadan 4,4 mingdan ortiq o‘zbekistonlikning qaytishiga yordam berildi
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bir oy davomida hamyurtlarga yashash, ishlash, tibbiy va huquqiy xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda ham ko‘mak berilgan.
Xususan:
409 ta holatda vaqtincha yashash va ishlash joyi xarajatlari qoplangan;
171 ta holatda advokatlik va boshqa tashkilotlar xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirilgan;
19 ta holatda tibbiy xarajatlar qoplangan;
329 nafar fuqaroga ijtimoiy yordam, jumladan, ishga joylashishda ko‘mak ko‘rsatilgan.
Rossiyada mehnat huquqlari va migratsiya masalalari bo‘yicha yordamga ehtiyoj sezgan fuqarolar vakolatxonaning koll-markazi kecha-yu kunduz ishlaydi.

