Mahalliy

Rossiyadan 10 kunda 96 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

Rossiyadan 10 kunda 96 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

O‘zbekistonga 10 kun ichida Rossiyadan 96 415 nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 25-avgustdan 5-sentyabrga qadar olib kelingan fuqarolarning 54 885 nafari bevosita Rossiyadan, 41 530 nafari esa Qozog‘iston orqali qaytarilgan.

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklardan murojaatlar 24/7 tartibida qabul qilinib, huquqiy va mehnat masalalaridan boshlab, og‘ir vaziyatga tushib qolganlarga ko‘maklashish, ishsiz qolganlarga boshqa ish imkoniyatlarini taklif etish hamda vatanga qaytishni istaganlarga yordam berishgacha bo‘lgan masalalar individual tarzda ko‘rib chiqilmoqda.

10 kun davomida ushbu davlatdagi fuqarolardan 6 413 ta murojaat kelib tushgan. 5,5 mingga yaqin fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan. 2681 nafar fuqaroga yuridik yordam berilgan, 726 nafar fuqaroga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan, 272 nafar fuqaroning ishga joylashishiga ko‘maklashilgan. Shuningdek, shu muddatda 59 nafar fuqaroga moddiy yordam berilgan, 31 nafar fuqaro foydasiga ish haqi qarzdorligi undirib berilgan, 29 ta boshqa yordam ko‘rsatilgan.

Rossiyadagi 20 ta yirik ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilib, 2,5 mingtadan ortiq bo‘sh ish o‘rni tashkil etilgan.

O‘zbekistonga 7 oyda xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan 2 888 nafar fuqaro qaytarilgandi. Iyul oyining o‘zida Rossiyadan qariyb 600 nafar o‘zbekistonlik olib kelingandi. Migratsiya agentligi vatanga qaytishda moliyaviy yoki boshqa jiddiy qiyinchilikka duch kelgan o‘zbekistonliklarni yordam so‘rashni kechiktirmaslikka chaqirgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.