Rossiyadagi xavfli infektsiya bilan bogʻliq vaziyat fonida Oʻzbekiston sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Oʻzbekiston Rossiyaning Irkutsk viloyatida oʻta xavfli infektsiya tarqalgani haqidagi xabarlar fonida sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining tayyorgarligini kuchaytirdi. Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qoʻmitasi vaziyat rivojini kuzatib bormoqda va oʻta xavfli infektsiyalar kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish choralarini koʻrmoqda. Fuqarolarga rasmiy manbalardan olingan maʼlumotlarga tayanish tavsiya etiladi. Irkutsk viloyatida 1 oktyabrdan boshlab Shelexov tuman shifoxonasida karantin joriy etildi […]

Oʻzbekiston Rossiyadagi xavfli infektsiya bilan bogʻliq vaziyat fonida sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Oʻzbekiston Rossiyaning Irkutsk viloyatida oʻta xavfli infektsiya aniqlangani haqidagi xabarlardan soʻng sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining tayyorgarligini oshirdi.
Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qoʻmitasi vaziyat rivojini kuzatib bormoqda va oʻta xavfli infektsiyalarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish choralarini koʻrmoqda. Fuqarolarga rasmiy manbalardan olingan maʼlumotlarga tayanish tavsiya etiladi.
Irkutsk viloyatida 1 oktyabrdan boshlab Shelexov tuman shifoxonasida oʻta xavfli infektsiyaga shubha qilingan holat aniqlanganidan keyin karantin joriy etildi. Muloqotda boʻlgan shaxslar tibbiy nazoratga olingan, shu bilan birga, mintaqaviy rasmiylarning maʼlumotlariga koʻra, ularda kasallikning klinik belgilari aniqlanmagan, laboratoriya tadqiqotlari natijalari esa salbiy chiqqan.
Bundan avval bir qator OAV bemorning oʻlimiga oʻpka oʻlati (chuma) sabab boʻlgan boʻlishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Rossiya rasmiylari ushbu xabar eʼlon qilingan vaqtda infektsiya nomini rasman maʼlum qilmagan, shu bois bu xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.
Vaziyat sanitariya xizmatlari nazoratida qolmoqda.

