Rossiyada xavfsizlik boʻyicha yangi tartib: oʻzbek biznesi uchun huquqiy jihatlar
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-avgust kuni mamlakatdagi kritik infratuzilma obyektlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi farmon imzoladi. Hujjat ayrim hollarda xavfsizlik talablarini bajarmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Rossiyadagi mol-mulki va mulkiy huquqlarini vaqtinchalik davlat boshqaruviga berishni nazarda tutadi. Bu qoida Rossiyadagi oʻzbek bizneslariga ham taalluqli boʻlishi mumkinmi?

Rossiyada xavfsizlik bo‘yicha yangi tartib: o‘zbek biznesi uchun huquqiy jihatlar
Savolning o‘zi bejiz emas: Rossiya O‘zbekiston eksportining qariyb 13 foizini qabul qiladi, mamlakatda O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi 700 ga yaqin kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda, o‘zbek mahsulotlarining faqat Wildberries orqali savdo aylanmasi esa 2025-yilda 1,5 milliard dollarga yaqinlashgan.
24-avgust kuni Rossiya prezidenti “Rossiya Federatsiyasi kritik infratuzilma obyektlari xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 604-sonli farmonni imzoladi.
Farmonning qisqa mazmuni shundan iboratki, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kritik infratuzilma obyektining xavfsizligini taʼminlash choralarini ko‘rmasa yoki ularni kechiktirsa, xavfsizlik talablarini buzsa, obyektning xavfsizligi yoki normal ishlashiga tahdid yuzaga keltirsa, jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlarining oldini olishga qaratilgan choralar samarasiz deb topilsa yoxud zararlangan obyektni o‘z vaqtida tiklamasa, unga nisbatan vaqtinchalik boshqaruv joriy etilishi mumkin.
Vaqtinchalik boshqaruvga olingan mol-mulkning egasi o‘z mulk huquqidan avtomatik tarzda mahrum bo‘lmaydi. Biroq vaqtinchalik boshqaruvchi mulkdorning ayrim vakolatlarini amalga oshiradi va bunda mol-mulkni tasarruf etish, yaʼni uni sotish yoki begonalashtirish vakolatiga ega bo‘lmaydi.
Boshqaruvga korxonaning Rossiya hududidagi ko‘char va ko‘chmas mulki, ayrim qimmatli qog‘ozlari, Rossiya kompaniyalaridagi ulushlari hamda mulkiy huquqlari tushishi mumkin.
Buning javobi ikki mamlakat iqtisodiy aloqalarining ko‘lamida yaqqol ko‘rinadi. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2025-yilda mamlakat tashqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarni tashkil etgan. Rossiya bilan savdo hajmi qariyb 13 milliard dollar bo‘lgan.
2025-yilda O‘zbekistonning jami eksporti 33,8 milliard dollar, Rossiyaga eksporti esa 4,3 milliard dollarni tashkil etgan.

