Siyosat

Rossiyada Kennedining Ukraina uchun jang qilgan qarindoshi sirtdan hibsga olindi

Rossiyada Kennedining Ukrainadagi janglarda ishtirok etgan qarindoshi sirtdan hibsga olindi.

Rossiya sudi AQSH sobiq prezidenti Jon Kennedining nevara jiyani, AQSH sog‘liqni saqlash vaziri kichik Robert Kennedining o‘g‘li Konor Kennedini sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bild nashrining xabar berishicha, u Ukraina qurolli kuchlari safida yollanma askar sifatida janglarda qatnashganlikda ayblanmoqda.

Konorning so‘zlariga ko‘ra, u 2022-yilda harbiy tajribasi bo‘lmaganiga qaramay, ko‘ngilli ravishda Ukrainaga borib, xalqaro legionga qo‘shilgan. U Ukraina shimoli-sharqida taxminan ikki yarim oy bo‘lgan, shundan so‘ng AQSHga qaytgan. Uning oilasi bu haqda u qaytganidan keyin xabar topgan.

Rossiya qonunchiligiga binoan, Kennediga yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. TASS agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, himoya tomoni sud qarori ustidan allaqachon shikoyat kiritgan.

Ma’lumot uchun, Konor 2012-yilda amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift bilan qisqa muddatli munosabatda bo‘lgan. Hozirda u advokat bo‘lib ishlaydi. 2026-yilning mart oyida u braziliyalik xonanda Juliya Biga uylangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.