Rossiya Oleşkidagi otaşkesimni uzaytirişdan boş tortdi
Tinç aholi evakuatsiya qilinişi bilanoq u yerga harbiy texnikalar olib kirilgan.

Rossiya Oleşkidagi otəşkesimni uzaytirishdan bosh tortdi
Rossiya Oleşkida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishdan bosh tortdi. Xerson oblastidagi ushbu shahar Rossiya tomonidan 2022-yil bahoridayoq ishg‘ol etilgan, so‘nggi vaqtlarda esa u yerda gumanitar falokat yuzaga kelgandi. Rossiya va Ukraina shahar aholisini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun vaqtincha sulhga kelishdi, lekin 1-noyabr kuni ushbu kelishuv muddati tugadi. Ukrainalik mulozim AFP agentligiga aytishicha, Ukraina TIV sulhni uzaytirishni taklif qilgan, «ammo rossiyaliklar bunga ko‘nmagan».
Oleşkidan evakuatsiya Rossiya va Ukraina razvedka xizmatlari tomonidan tayyorlangan, ammo bu Melaniya Tramp vositachiligi natijasi sifatida taqdim etildi. Le Monde nashrining Ukrainadagi manbasi qayd etishicha, AQSh birinchi xonimining rolini «ehtiyotkorlik bilan» qabul qilish kerak, chunki «Vashington aynan qanday rol o‘ynagani aniq emas».
Rossiya qo‘shini Oleşkidagi gumanitar pauzadan o‘z pozitsiyalarini «tartibga keltirish» uchun foydalandi, demoqda Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi. Sky News jurnalisti ham shunday xulosaga kelgan. U Ukraina dronlari orqali olingan kadrlarni ko‘rib chiqqan va rossiyalik harbiylar hali sulh muddati tugamasidan Oleşki hamda qo‘shni qishloqlarga og‘ir texnikalari, qurollar, o‘q-dorilar va shaxsiy tarkibni olib kirganiga, shuningdek, uyma-uy yurib, yangi pozitsiyalar uchun joy qidirganiga ishonch hosil qilgan. Kremldagilar esa Kiev bu sulhdan «kuchlarini jamlash uchun foydalangani»ni aytmoqda. «Bu shunday vaziyatlar uchun mutlaqo odatiy amaliyot», – degan RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
AQSh Moskvaga Rossiya gazini Yevropaga sotish sxemasini taklif qildi. Ushbu g‘oyani ilgari surgan amerikalik muzokarachilar fikricha, bunday taklif Vladimir Putinni Ukrainada «energetika» sulhiga ko‘ndirish uchun kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin. Oq uy Rossiyaga gaz sotishdan tushgan mablag‘ni uchinchi davlat yurisdiksiyasidagi hisob raqamiga o‘tkazishni taklif qilmoqda – Kreml bu pullarni urushni moliyalashtirishga ishlata olmasligi uchun. Biroq Yevropadagilar bu g‘oyani qat’iyan rad etishadi.
Rossiya va Ukrainada ogohlantirish yuborish ilovalari buzib kirildi
Rossiya holatida gap FVVning mobil ilovasi, Ukraina holatida – «Havo trevogasi» ilovasi haqida bormoqda. Bu ilovalar amalda bir vaqtda kiberhujumga uchragan – 2-noyabrga o‘tar kechasi rossiyaliklarga mamlakatning «barcha regionlari bo‘ylab» «yadroviy kallaklar» uchirilgani haqida ogohlantirish kelgan, Ukraina aholisi esa telefonida rus tilida shunday xabar olgan: «Salom!»

