Dunyo

Rossiya mehnat migrantlari uchun deportatsiya roʻyxatini kengaytirdi

Rossiyaga ishlash uchun borgan chet elliklarning migratsiya qonunlarini buzganligi uchun javobgarligini kuchaytiruvchi qonun kuchga kirdi.

Rossiya mehnat migrantlari uchun deportatsiya ro‘yxatini kengaytirdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yangi normalar 2026 yil 3 noyabrda kuchga kirdi.

Jinoyat-protsessual kodeksining jarimalardan tashqari ma’muriy deportatsiyani nazarda tutuvchi moddalari soni 22 tadan 45 taga oshdi.

Xususan:

davlat chegarasini qo‘riqlayotgan politsiya xodimi yoki harbiy xizmatchining talablariga rioya qilmaslik;

mayda bezorilik va jamoat tartibini buzish;

ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini buzish;

internetda inson qadr-qimmati va jamoat axloqini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatish;

jinsi, irqi, millati, tili, yoshi, diniy mansubligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha kamsitish;

natsistlar va ekstremistik ramzlarni targ‘ib qilish, ekstremistik materiallarni tarqatish;

favqulodda holat, terrorizmga qarshi operatsiya yoki harbiy holatni buzish.

Bundan tashqari, deportatsiyani boshqa jazo turi bilan almashtirib bo‘lmaydigan jinoyatlar ro‘yxati ham kengaytirildi. Xususan, unga giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar ham kiritildi.

Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Rossiyaga kelganlar qonunga rioya qilishi, rus tilini bilishi va mamlakat madaniyati hamda an’analarini hurmat qilishi kerakligini ta’kidladi. Ushbu choralar jamoat xavfsizligini oshirish va migratsiya sohasida tartib o‘rnatishga qaratilgani aytilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.