Rossiya kuch tuzilmalarining eʼlon qilinmagan tashriflari
TSHX rahbari Sergey Narishkin Qobulda, mudofaa vaziri Andrey Belousov esa Oʻzbekistonda boʻldi

Rossiya xavfsizlik kuchlarining eʼlon qilinmagan tashriflari
Afgʻoniston manbalarining xabar berishicha, Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin oldindan eʼlon qilmasdan Qobulga tashrif buyurgan va AEA Razvedka bosh boshqarmasi rahbari mullo Abdul Haq Vasiq bilan uchrashuv oʻtkazgan.
Taʼkidlash joizki, Sergey Narishkin Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi lavozimida boʻlgan chogʻida, 2013 yil dekabr oyida ham Qobulga rasmiy tashrif bilan kelgan va Afgʻonistonning avvalgi rejimi rahbarlari bilan uchrashgan edi.
Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berishicha, Mudofaa vaziri Andrey Belousov yaqinda ushbu lavozimga tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Botir Qudratxoʻjayev bilan uchrashuv oʻtkazgan. Rossiya mudofaa idorasi rahbari oʻzbekistonlik hamkasbini tayinlov bilan tabrikladi va bu ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirishga yangi turtki berishini taʼkidladi. Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro manfaatli masalalarni muhokama qildilar.

