Rossiya Davlat Dumasiga saylov kunlari oʻz elchixonalari oldida mitinglar oʻtkazishni taqiqlashni soʻradi
Moskva «saylov uchastkalarini himoya qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrishni, jumladan, saylov kuni namoyishlarni taqiqlashni» soʻragan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Davlat Dumasiga saylov kunlari oʻz elchixonalari oldida mitinglar oʻtkazishni taqiqlashni soʻrab, barcha mamlakatlarning diplomatik idoralariga nota yubordi. Bu haqda Rossiya TIV saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Maksim Rayder maʼlum qildi.
Rayderning soʻzlariga koʻra, Moskva ushbu notalarda "saylov uchastkalarini himoya qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrishni, jumladan, saylov kuni namoyishlarni taqiqlashni" soʻragan. Tadbirlar ovoz berish xavfsizligiga aynan qanday tahdid solishi aniqlashtirilmagan.
Rayderning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya xorijiy davlatlar oʻz xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishiga umid qiladi, biroq oʻzi ham "qoʻl qovushtirib oʻtirmaydi".
IX chaqiriq Davlat Dumasi deputatlari saylovi uch kun – 18-sentabrdan 20-sentabrgacha boʻlib oʻtadi.

