Rossiyada urushga qarshi chiqqan «Yabloko» partiyasi Davlat Dumasi saylovidan chetlatildi
«Yabloko» Ukraina bilan urushni tezroq tugatish tarafdori bo‘lgan yagona partiya edi. U hatto dastlab saylov byulleteniga kiritilgan edi.

Rossiyada urushga qarshi pozitsiyani egallagan "Yabloko" partiyasi Davlat Dumasi saylovlaridan chetlashtirildi.
Rossiya Oliy sudi "Yabloko" partiyasini Davlat Dumasi saylovlarida ishtirok etishdan mahrum etdi. Sudya Vyacheslav Kirillov "Rodina" partiyasi yuristlarining da'vosini qanoatlantirdi. "Yabloko" partiyasi sud qarori ustidan shikoyat qilishini ma'lum qildi.
Sud binosi oldida "Yabloko"ni qo'llab-quvvatlash uchun yig'ilgan odamlar "Sharmandalik!" deya hayqirishdi.
"Yabloko" Ukraina bilan urushni tezroq yakunlashni yoqlovchi yagona partiya edi va dastlab saylov byulleteniga kiritilgan edi.
"Rodina" partiyasi "Yabloko"ni saylovdan chetlatish bo'yicha da'vo arizasi kiritgan. Da'vogarlar o'z talablarini partiyaning tashviqotida mualliflik huquqlarining buzilishi va "ekstremistik" shiorlardan foydalanilganligi bilan izohlashgan.
Sud majlisida Markaziy saylov komissiyasi vakili Rosfinmonitoringning "Yabloko" xorijiy moliyalashtirishni olgani haqidagi ma'lumotlarini ham keltirdi. "Yabloko"ning o'zi buni xorijiy aksiyalarning sotilishi bilan izohladi, partiya qonunga ko'ra saylovdan oldin ulardan voz kechishi kerak edi.

