Dunyo

“Rossiya bilan to‘qnashsa, Polsha ikki-uch kunda yo‘q bo‘lib ketadi” — Patrushev

“Rossiya bilan to‘qnashsa, Polsha ikki-uch kunda yo‘q bo‘lib ketadi” — Patrushev

Rossiya prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushevning aytishicha, agar Polsha Rossiya bilan harbiy mojaroga kirishsa, Polsha davlati ikki yoki uch kun ichida yo‘q bo‘lib ketadi. Bu haqda “Kommersant” va Anadolu nashrlari xabar bergan.

Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy avvalroq ikki davlat o‘rtasida harbiy nizo yuz bersa, Polsha Rossiyani tezda mag‘lub eta olishini aytgan edi. Patrushev bu fikrlarga “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida javob qaytardi. U Rossiya Ukrainadagi nizoda o‘zining barcha harbiy imkoniyatlaridan foydalanmayotganini ta’kidladi.

“Polshaning Rossiyadan harbiy ustunligi haqida gapirar ekan, Sikorskiy bir narsani tushunmayapti. Agar Polsha Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar boshlasa, mamlakatimiz qo‘lidagi barcha kuch va vositalarni ishga soladi. Natijada Polsha davlatchiligi ikki-uch kun ichida yo‘q bo‘ladi”, dedi Patrushev.

Sikorskiy bu gaplarni Kiyevda bo‘lib o‘tgan Yalta Yevropa strategiyasi konferensiyasida aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hujum qilsa, Polsha va uning ittifoqchilari Rossiyani tezda mag‘lub etadi.

“Agar Rossiya bizga hujum qilsa va biz bor kuchimiz bilan javob bersak, Rossiyani juda tez mag‘lub etamiz deb o‘ylayman. Havo kuchlari bo‘yicha biz Rossiyadan mutloq ustunmiz”, degan edi Sikorskiy.

Keyinchalik Sikorskiy o‘z so‘zlariga aniqlik kiritdi. U faqat Polsha va Rossiya o‘rtasidagi emas, balki NATO va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy nizoni nazarda tutganini aytdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Polsha vazirining bu gaplarini “miyadagi rossiyafobiya” deb atadi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Rossiya Kaliningrad viloyati xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini bildirdi.

“U yerda NATO kuch to‘playotgani va harbiy faollik olib borayotgani tushunarli holat”, dedi Dmitriy Peskov.

Avvalroq Polshaning Yaroslavets shahri yaqinidagi aholi punkti sohilida Rossiya droni topilgani haqida xabar berilgandi. Dastlabki tekshiruvlarda bu Rossiyaga tegishli harbiy dron ekani aniqlangan.

Ammo Polsha Qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi 31-iyuldan beri mamlakat havo hududini buzib kirish bilan bog‘liq biror holat qayd etilmaganini ma’lum qilgan. Polsha harbiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, dron xalqaro suvlardan oqib kelgan bo‘lishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.