Restoranlar «sarmisoq va tuzlangan bodring» rejasiga shubha bilan qaramoqda
100 dan ortiq mahsulot turlariga, jumladan sarimsoqpiyoz, bodring va oʻsimlik sutiga qoʻyilgan import bojlari bekor qilinmoqda.

Restoranlar taklif etilayotgan «sarimsoq va tuzlangan bodring» chora-tadbirlariga shibha bilan qaramoqda
Morgan Ostin mehmondoshlik sohasidagi kompaniyalar uchun kuchliroq qoʻllab-quvvatlashni, jumladan QQSni kamaytirishni umid qilgan edi
Byudjetda eʼlon qilingan chora-tadbirlarga koʻra narxi arzonlashi kutilayotgan 100 dan ortiq mahsulotlar orasida sarimsoq, tuzlangan bodring va oʻsimlik asosli sut bor.
Gʻaznachilikning bildirishicha, oʻnlab mahsulotlar boʻyicha import bojlarining bekor qilinishi oʻrtacha uy xoʻjaligiga oziq-ovqat xaridlarida yiliga 21 funt sterling atrofida mablagʻni tejash imkonini beradi.
Biroq ayrim korxonalar QQSni kamaytirish yoki xodimlarni ishga olish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha choralar foydaliroq boʻlishini taʼkidlab, bu oʻzgarishlar aslida qanchalik farq qilishini soʻroq ostiga olishdi.
Oltita asosiy filialiga ega va ilk bor 2018 yilda Salfordda ochilgan Burgerism burgerlar tarmogʻidan Morgan Ostin tuzlangan bodringlarga bojlarning olib tashlanishi xushxabar ekanini aytdi.
«Tuzlangan bodringlar uchun haqiqatan ham minnatdormiz — bu biz uchun juda ajoyib», dedi 26 yoshli operatsion menedjer.
Shu bilan birga, u mehmondoshlik biznesi uchun salmoqliroq yordamni, jumladan QQSning qisqartirilishini maʼqul koʻrgan boʻlishini bildirdi.
Ostinning aytishicha, avvalgi Byudjetdan soʻng eng kam ish haqi va ish beruvchining Milliy sugʻurta badallari oshishi Burgerism ga yiliga 150 000 funt sterlingga yaqin xarajat keltirib chiqargan.
«Biz juda katta biznes emasmiz», dedi u. «Bu biz uchun katta zarba va bu biz uchun butunlay yangi nuqta boʻlishi mumkin edi.
«Biz koʻproq nuqtalar ochishni, odamlar uchun koʻproq ish oʻrinlari yaratishni, yangi yoshlarni ishga olishni xohlar edik, lekin bu kabi narsalar baʼzida buni juda qiyinlashtiradi.»
Ostin, shuningdek, bu choralar oʻsishni xohlaydigan oʻrta biznesga yordam berish uchun yetarli emasligini aytdi.
«Tuzlangan bodringni burgirdan olib tashlaydigan 25% odamlardan tashqari hamma yaxshi koʻradi», dedi u.
«Ishonchim komilki, boshqa korxonalar uchun tuzlangan bodring boʻlmagan boshqa narsalarni koʻrish yoqimliroq boʻlar edi, chunki tuzlangan bodring ancha tora doiradagi mahsulot boʻlishi mumkin deb oʻylayman.»
Hassan Zahid goʻsht boʻyicha bojlarni kamaytirish foydaliroq boʻladi deb hisoblaydi
Manchesterdagi Fuego 1987 Amerika-Meksika fyujn koʻcha taomlari biznesini boshqaradigan Hassan Zahid bojxona oʻzgarishlari faqat «juda arzimas» taʼsirga ega boʻlishini aytdi.
29 yoshli tadbirkor shunday dedi: «Agar ular goʻsht yoki tovuq kabi xomashyo mahsulotlariga — biz katta hajmda ishlatadigan mahsulotlarga bojlarni kamaytirishganida yordam bergan boʻlar edi.
«Bu sarimsoq boʻyicha bojlarni kamaytirishdan koʻra, maʼlum bir foyda olishimizga yordam berar edi.»
Katta Manchesterdagi Salford shahrida joylashgan Mattina qahvaxonasi hammuallifi Gevin Uilyams shunday dedi: «Fikrimcha, bu mumtoz Endi Byornhem uslubi — biz sizga yordam berish uchun juda koʻp ish qilamiz, lekin aslida, mayda tafsilotlariga qarasangiz, taʼsiri nolga teng.»
Mattina katta miqdorda oʻsimlik asosli sut ishlatsa-da, Uilyamsning aytishicha, oʻzgarishlar uning biznesiga yordam bermaydi, chunki uning yetkazib beruvchilari Buyuk Britaniyada joylashgan va shuning uchun import bojlariga tortilmaydi.
«Bizning bodom sutimiz yoʻlning bir necha mil atrofidagi Sautportdan keladi. Bizning suli sutimiz Milton-Kinsdan keladi», deb tushuntirdi Uilyams.
«Shunday qilib, biz bu tovarlarni allaqachon Buyuk Britaniyada ishlab chiqaramiz. Boj xomashyo tarkibiy qismlariga import tovarlarini oʻz ichiga olmaydi. Xoʻsh, bu qanday farq qiladi? Nol.»
U, shuningdek, QQSning kamaytirilishi mustaqil mehmondoshlik korxonalari uchun kattaroq farq qilishini aytdi.
«Eng kam ish haqini oshirishda, Milliy sugʻurta badallarini oshirishda, pensiya badallarini oshirishda, biznes soliqlarini oshirishda, energiyani oshirishda, hamma narsani oshirishda davom etib, evaziga bizga hech narsa bermaslik mumkin emas», dedi u norozi boʻlib.
«Biznes ochishni shunchaki ushlab turish borgan sari qiyinlashib, qiyinlashib va qiyinlashib bormoqda.»

