Dunyo

Reper Navai Qozogʻistonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qoʻlga olindi. Nemalar maʼlum

Reper Navai Qozogʻistonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib qoʻlga olindi. Nimalar maʼlum

Rossiyalik reper Navai (haqiqiy ismi — Navai Bakirov) Qozogʻistonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib qoʻlga olindi. Bu voqea 13 oktyabr kuni «Qorday» chegara punktida yuz berdi.

Qozogʻiston Jambil viloyati Politsiya departamenti xabar berishicha, artistning avtomobili koʻzdan kechirilganda giyohvandlik moddasi aniqlanib, musodara qilingan. JInoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Musiqachi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi, sudgacha boʻlgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«"Qorday" chegara punktida Qozogʻistonga kirib kelishda politsiya xodimlari MXQ chegara xizmati bilan hamkorlikda Navai sahna taxallusi bilan tanilgan chet el fuqarosini qoʻlga oldi. U harakatlangan avtomobilni tekshirish chogʻida giyohvandlik moddasi aniqlandi va musodara qilindi», — deyiladi xabarda.

Qozogʻistonlik jurnalist Mixail Kozachkovning maʼlumotiga koʻra, mashinadagi giyohvandlik moddasini Atlas laqabli xizmat iti aniqlagan. Haydovchi oʻrindigʻining choʻntagidan 2,5 gramm marixuana topilgan. Roʻlda Bakirovning oʻzi boʻlgan. Bundan tashqari, avtomobilda sigaret oʻrash uchun qogʻoz solingan sumka va maydalagich boʻlgan.

Musiqachi bilan birga yana ikki kishi ketayotgan boʻlgan, ularning uchalasi ham qoʻlga olingan. jinoyat ishi kontrabanda va giyohvandlik moddalarini oʻtkazish maqsadisiz noqonuniy tashish moddalari boʻyicha roʻyxatga olingan. Keyinchalik mashinada xonandaga hamrohlik qilgan ikki kishi qoʻyib yuborilgani maʼlum boʻldi.

Qoʻlga olingani haqidagi xabarlardan soʻng Navai’ning 14 oktyabrga moʻljallangan Ostonadagi kontserti «nomaʼlum muddatga» qoldirilgani haqida yangilik paydo boʻldi. Tashkilotchi tomoshabinlar chiptalar uchun pullarini qaytarib olishlari mumkinligini maʼlum qildi.

«Afsuski, texnik sabablarga koʻra, Navai’ning bugun, 14 oktyabr kuni soat 20:00 ga Jaqsiliq Ushkempirov nomidagi Yakkakurashlar saroyida rejalashtirilgan kontserti boʻlib oʻtmaydi. Keltirilgan noqulayliklar uchun samimiy uzr soʻraymiz», — deyiladi xabarda.

Reperning onasi Aynur Bakirova vaziyat hal boʻlishini va oʻgʻli tez orada qoʻyib yuborilishini aytdi. U artistga tuhmat qilingan boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.

«Uning qoʻriqchisi qoʻngʻiroq qilib, u yerda hamma narsani hal qilishganini aytdi. Hozir qoʻyib yuborishadi, xavotir olmang, jarima toʻlaydi va tamom, deyishdi. Mening ahvolim yomonlashib ketdi <...>. U qayerda-yu giyohvandlik moddasi qayerda, unga tuhmat qilishdi, u umuman bu ish bilan shugʻullanmaydi, qanday qilib bunday boʻlishi mumkin?» — dedi Bakirova.

Artistning direktori Rauf Gusanov vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi. Xonandaning sobiq segilisi Anastasiya Mironova ham yuz bergan voqeadan xabari yoʻqligini bildirib, musiqachi bilan muloqotni toʻliq toʻxtatganini taʼkidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.