Dunyo

Moskvada yuk mashinasi yonilg‘i uchun navbatda turgan avtomobillarga kelib urildi (video)

Moskvada yonilg‘i uchun navbatda turgan avtomobillarga yuk mashinasi urildi (video)

Moskvada “Gazel” yuk mashinasi katta avariya keltirib chiqardi. Natijada bir kishi vafot etdi, yana ikki kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. Ulardan birining ahvoli og‘ir ekani Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan xabar qilindi.

Voqea Moskva halqa yo‘lida yuz bergan. Yuk mashinasi yonilg‘i quyish shoxobchasi yonida navbatda turgan avtomobillar tomon katta tezlikda kelib urilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida oltita mashina bir-biri bilan to‘qnashgan, jumladan, yuk mashinasi urib yuborgan avtomobillardan biri butunlay ezilib ketgan.

Hodisadan so‘ng katta tirbandlik yuzaga kelgan.

28 yoshli O‘zbekiston fuqarosida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.