Sport

Ravshan Haydarov Oʻzbekiston U23 terma jamoasining Osiyo oʻyinlari uchun tarkibini eʼlon qildi

Ravshan Haydarov Oʻzbekiston U23 terma jamoasining Osiyo oʻyinlari uchun tarkibini maʼlum qildi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U23 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadigan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

Oʻzbekistonlik futbolchilar guruh bosqichidagi ilk uchrashuvni 15 sentyabr kuni oʻtkazadilar. Guruhda ularga Filippin, Quvayt va Vyetnam milliy terma jamoalari raqiblik qiladi.

Darvozabonlar chizigʻidan "Nasaf"dan Samandar Muratboyev, "Paxtakor"dan Maksim Murkayev va "Olimpik Mobiuz"dan Umar Rustamov joy oldi. Himoyada Gʻiyosjon Rizaqulov ("Qizilqum"), Dilshod Murtazoyev, Quvonchbek Xushvaqtov va Diyorbek Abdunazarov (barchasi — "Nasaf"), Dilshod Abdullayev ("Paxtakor"), shuningdek, "Olimpik Mobiuz"dan Roʻziboy Fayzullayev va Saidxon Hamidov toʻp suradi.

Yarim himoyani Ravshan Xayrullayev ("Buxoro"), Muhammadali Reymov ("Lokomotiv"), Saidumarxon Saidnurullayev ("Metallurg"), Sardor Bahromov ("Nasaf"), Ollobergan Karimov ("Soʻgʻdiyona"), Azizbek Toʻlqunbekov ("Bunyodkor"), Oybek Oʻrmonjonov ("Dinamo"), Asilbek Jumayev ("Neftchi") va Belgiyaning "Antverpen" klubidan Muhammadali Oʻrinboyev tashkil etdi. Hujumga "Lokomotiv"dan Shodiyor Shodiboyev va Nurlan Ibraimov, "Dinamo"dan Firdavs Abdurahmonov, shuningdek, "Soʻgʻdiyona"dan Amirbek Saidov jalb etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.